Navoiyda farzandiga tan jarohati yetkazgan ona sud qilindi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Navoiyda farzandiga tan jarohati yetkazgan ona sud qilindi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida sodir bo‘lgan mudhish voqea yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

23 yoshli ona o‘zining ikki yoshga to‘lmagan qizini qizib turgan pechga bosib, unga og‘ir tan jarohati yetkazganligi uchun javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida aniqlanishicha, ayol ushbu shafqatsiz harakatini farzandini tarbiyalash va uni tartibga chaqirish maqsadida amalga oshirganini ta’kidlagan.

Voqea joriy yilning 19 yanvar sanasida yuz bergan. Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yilda tug‘ilgan qizaloq maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnab kelgan.

Bola ich kiyimiga hojatini chiqarib qo‘ygani sababli tarbiyachilar bu holat to‘g‘risida onasiga bir necha bor shikoyat qilishgan. Aynan shu vaziyat ona va bola o‘rtasidagi nizoga sabab bo‘lgan.

Sud organlari mazkur ishni atroflicha o‘rganib chiqib, ayolga nisbatan qonuniy chora ko‘rish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu holat jamiyatda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalasini yana bir bor dolzarb qilib qo‘ydi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish