
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining 2022 yil 27 iyundagi ijro hujjati ijrosini ta’minlash jarayonida muammoli holat yuzaga keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur hujjatga muvofiq, qarzdor J.U.dan undiruvchi D.X. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment mablag‘larini undirish belgilangan edi.
Biroq, olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor J.U. qonuniy majburiyatlarini bajarishdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirmagan fuqaro uzoq vaqt davomida sud ijrochilari va undiruvchidan yashirinib yurgan. Majburiyatlarini bajarishni paysalga solganligi sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilish choralari ko‘rildi.
Ayni vaqtda mazkur ijro ishini yakunlash va aliment qarzdorligini qoplash bo‘yicha tegishli protsessual choralar davom ettirilmoqda. Qonun talablariga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik masalasi ko‘rib chiqiladi.






Izohlar
0