Murod Nazarov o‘z xonadonida parranda boqayotganini ma’lum qildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish3

Murod Nazarov o‘z xonadonida parranda boqayotganini ma’lum qildi

Pulnews ko‘rsatuvi doirasida bloger Jahongir Latipov bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda tadbirkor Murod Nazarov o‘zining shaxsiy parrandachilik xo‘jaligi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tadbirkorning ta’kidlashicha, u ayni damda o‘z xonadonida tovuqlar, xo‘roz hamda jo‘jalarni parvarish qilmoqda. Ushbu qiziqish qanday boshlangani haqida so‘z yuritar ekan, Murod Nazarov Chinoz tumaniga qilgan safari chog‘ida yuz bergan voqeani esladi.

U yerga baliq taomlaridan tatib ko‘rish uchun borgan tadbirkor mahalliy xonaki tovuqlarning tabiatiga e’tibor qaratgan. Parrandalarning odamlardan cho‘chimay, erkin harakatlanib yurishi tadbirkorda iliq taassurot qoldirgan.

Aynan shu holat uni parrandachilikka qiziqtirib qo‘ygan va u mezbonlardan o‘ziga bir juft tovuq ajratishlarini iltimos qilgan. Shundan so‘ng, Murod Nazarovga tovuqlar taqdim etilgan va u o‘z uyida parrandachilik bilan shug‘ullanishni boshlagan.

Bugungi kunda mazkur jonivorlar tadbirkorning kundalik turmush tarzining bir qismiga aylangan. Murod Nazarovning ushbu xobbi haqidagi hikoyasi ko‘rsatuv tomoshabinlarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish