AQSHning yirik riteyler tarmoqlaridan biri boʻlgan Micro Center kompaniyasi shaxsiy kompyuter yigʻish yoki mavjud tizimni modernizatsiya qilishni koʻzlagan foydalanuvchilar uchun yangi va manfaatli toʻplamlarni taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ixbt.com nashrining maʼlum qilishicha, mazkur aksiya doirasida texnik imkoniyatlari yuqori boʻlgan komponentlarni ancha arzon narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratilgan. Xususan, 8 yadroli Ryzen 7 9850X3D protsessori va Asus B850-E TUF Gaming ona platasidan iborat jamlanma 500 dollar etib belgilangan.
Taqqoslash uchun, mazkur protsessorning tavsiya etilgan chakana narxi 500 dollarni tashkil etsa-da, AQSH bozorida u odatda 450 dollar atrofida sotiladi. Bu holat xaridor tizim platasini deyarli bepul qoʻlga kiritishini anglatadi.
Qoʻshimcha ravishda, ushbu toʻplamni 32 GB sigʻimga ega DDR5 Corsair Vengeance RGB xotirasi bilan toʻldirilgan variantini 700 dollarga xarid qilish mumkin. Doʻkon hisob-kitoblariga koʻra, komponentlarni alohida xarid qilish oʻrniga ushbu jamlanmani tanlash orqali 370 dollargacha mablagʻni tejash imkoniyati mavjud.
Shuningdek, AMD Ryzen 7 7800X3D hamda ASUS B650E WiFi platasidan iborat toʻplam 400 dollarga taklif etilmoqda. Eng hamyonbop yechim sifatida esa Ryzen 7500X3D protsessori va ASRock B850M-C ona platasi jamlanmasi 300 dollarga baholangan.
Bunday keng koʻlamli aksiyalar yangi avlod protsessorlariga boʻlgan isteʼmolchi talabini ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0