Metsenat loyihasi yuz nafar iqtidorli talabaga grant ajratdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish2

Metsenat loyihasi yuz nafar iqtidorli talabaga grant ajratdi

Iqtidorli, biroq moliyaviy ko‘makka ehtiyoj sezayotgan yoshlarni rag‘batlantirishni maqsad qilgan Metsenat xayriya loyihasi o‘zining navbatdagi muhim bosqichini yakunladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Loyiha doirasida tashkil etilgan Mustaqillik-35 ta’lim granti tanlovining natijalari rasman e’lon qilindi. Mazkur tashabbus iqtidorli talabalarning ta’lim olish jarayonidagi to‘siqlarni bartaraf etish hamda ularning o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan.

Tanlov jarayonlari shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida o‘tkazilib, uning yakuniy bosqichida respublikamizning turli hududlaridan saralab olingan 100 nafar yosh g‘olib deb topildi. Ushbu talabalarning har biriga o‘qish to‘lov-shartnoma mablag‘larini qoplash uchun 10 million so‘mdan miqdorida grant ajratilishi belgilandi.

Umumiy hisobda mazkur xayriya loyihasi doirasida ta’lim sohasiga 1 milliard so‘m miqdorida moliyaviy ko‘mak yo‘naltirilmoqda. Bu kabi qo‘llab-quvvatlash choralari kelgusida yoshlarning sifatli ta’lim olishi va yuqori natijalarga erishishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Tashkilotchilar ushbu grant dasturini kelgusida ham davom ettirish va imkoniyati cheklangan, ammo bilimga chanqoq yoshlarga ko‘mak berishda davom etishni rejalashtirgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish