Kvant kompyuteri yordamida 15 bitli kriptografik kalit buzildi

0
Kvant kompyuteri yordamida 15 bitli kriptografik kalit buzildiTadqiqotchi kvant kompyuteri yordamida elliptik egri chiziq kalitini buzdi Mustaqil mutaxassis Jiankarlu Lelli ommaviy foydalanishda bo'lgan kvant kompyuteri orqali 15 bitli elliptik egri chiziq kalitini buzishga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur texnologiya Bitcoin va Ethereum kabi yirik blokcheyn tarmoqlari xavfsizligini ta'minlovchi raqamli imzo tizimlarining asosi sanaladi. Project Eleven startapi ushbu natijani kriptografiya sohasidagi eng yirik kvant hujumi deb atadi va tadqiqotchiga 1 BTC miqdorida mukofot topshirdi.

Bu haqda Bits.media nashri ma'lum qildi. Lelli o'z tajribasida elliptik egri chiziqlarda diskret logarifmlash masalalarini hal qiluvchi Shor algoritmi variatsiyasidan foydalangan.

U ochiq kalit ma'lumotlari orqali 32 767 ta variant orasidan shaxsiy kalitni aniqlagan. Avvalroq, 2023 yil sentyabr oyida muhandis Stiv Tippekonnik 6 bitli kalitni buzgan edi.

Lellining natijasi avvalgi ko'rsatkichdan 512 marta yuqoridir. Hozircha ushbu muvaffaqiyat Bitcoin xavfsizligiga bevosita tahdid solmaydi, chunki kriptovalyuta hamyonlari 256 bitli kriptografiya bilan himoyalangan.

Mutaxassislar 15 bitdan 256 bitgacha bo'lgan masofa hali kattaligini, biroq bu endi fizik emas, balki muhandislik masalasiga aylanayotganini ta'kidlamoqda. Shu sababli postkvant kriptografiyasiga o'tish zarurati ortmoqda.

Project Eleven ma'lumotlariga ko'ra, blokcheynda ochiq kalitlari ko'rinib turgan hamyonlarda taxminan 6,9 mln bitkoin saqlanmoqda. Bu mablag'lar kelajakda kuchli kvant tizimlari qarshisida zaif qolishi mumkin.

Google Research hisob-kitoblariga ko'ra, 256 bitli himoyani buzish uchun 500 000 dan 10 000 gacha fizik kubitlar kerak bo'ladi, ammo hozirgi qurilmalar hali bunday quvvatga ega emas.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari