Ko‘p ishlash nega har doim ham daromad keltirmaydi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish2

Ko‘p ishlash nega har doim ham daromad keltirmaydi

Ko‘plab kishilar yillar davomida kuniga 12–16 soatlab tinim bilmay mehnat qilib, hatto dam olish kunlarini ham ishga bag‘ishlashlariga qaramay, ularning moliyaviy ahvolida sezilarli o‘zgarish kuzatilmaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu kabi shaxslar ko‘pincha bir oylik maoshdan ikkinchisigacha bo‘lgan davrni qiyinchilik bilan o‘tkazishadi, kreditlar va doimiy mablag‘ yetishmovchiligi kabi muammolarga duch kelishadi. Ko‘p hollarda bunday holat insonning dangasaligi yoki mehnatsevarlik darajasining pastligi bilan bog‘liq emas.

Zamonaviy psixologiya va neyroiqtisodiyot sohasida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy barqarorlikka erishish nafaqat jismoniy zo‘riqish, balki psixologik yondashuvlar va qaror qabul qilish mexanizmlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Mutaxassislar fikricha, insonlarning boylikka erishish yo‘lidagi to‘siqlari ko‘pincha ong ostidagi noto‘g‘ri munosabatlar va iqtisodiy xatti-harakatlarning noto‘g‘ri shakllantirilganligidan kelib chiqadi.

Shu sababli, uzoq muddatli moliyaviy muvaffaqiyatga erishish uchun faqatgina ko‘p ishlashning o‘zi yetarli emas, balki moliyaviy savodxonlikni oshirish va fikrlash doirasini kengaytirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish