Kattaqo‘rg‘onda uch yoshli bola enagasi tomonidan shafqatsizlarcha qiynoqqa solindi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Kattaqo‘rg‘onda uch yoshli bola enagasi tomonidan shafqatsizlarcha qiynoqqa solindi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida uch yoshli bolaning tanasidagi og‘ir kuyish hamda turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilishi jamoatchilikda jiddiy xavotir uyg‘otdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat bola vaqtincha qarovsiz qoldirilgan xonadonda sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, onasi ish sababli ikki oy davomida farzandini enaga qaramog‘iga topshirishga majbur bo‘lgan, otasi esa ayni damda xorijda mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Voqea joyidagi guvohlar va yaqinlarning ta’kidlashicha, bola enaga tomonidan muntazam ravishda shafqatsiz munosabatga uchrab kelgan bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda jabrlanuvchi shifokorlar nazoratida bo‘lib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Huquq-tartibot organlari tomonidan ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tergov jarayonida enaganing harakatlari va bolaning tanasidagi jarohatlar kelib chiqish sabablari huquqiy bahosini oladi.

Mazkur fojiali holat bolalarni qarovsiz qoldirish yoki ishonchsiz shaxslarga topshirishning qanchalik xatarli ekanini yana bir bor ko‘rsatib berdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish