
Iste’fodagi general-mayor Tal’at Sattorov 71 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Bu haqda Qalampir nashri xabar berdi. Marhum o‘z faoliyati davomida murakkab va ziddiyatli davrlarni boshdan kechirgan shaxslardan biri sifatida tanilgan.
Xususan, 1986 yilda Telman Gdlyan boshchiligidagi maxsus tergov guruhi tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli «Paxta ishi» tergov harakatlari doirasida hibsga olingan. Ushbu jarayon davomida u qariyb uch yil davomida qamoqda saqlangan, biroq keyinchalik barcha ayblovlar asossiz deb topilib, to‘liq oqlangan edi.
Tal’at Sattorov 1955 yil 10 sentyabrda Samarqand shahrida dunyoga kelgan. U o‘zining professional mehnat faoliyatini Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limida oddiy militsioner lavozimidan boshlagan.
Keyinchalik huquqni muhofaza qilish tizimida mas’uliyatli vazifalarni bajarib, general-mayor unvonigacha ko‘tarilgan. Uning hayot yo‘li va xizmat faoliyati o‘zbek huquq-tartibot idoralari tarixidagi muhim voqealar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u ko‘plab hamkasblari xotirasida o‘z kasbiga sodiq inson sifatida qoldi.






Izohlar
0