Istanbulda sog‘lig‘i yomonlashgan o‘zbekistonlik yigit Vatanga qaytarildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Istanbulda sog‘lig‘i yomonlashgan o‘zbekistonlik yigit Vatanga qaytarildi

Turkiyada mehnat faoliyatini olib borayotgan 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit sog‘lig‘i yomonlashuvi tufayli Vatanga qaytarildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, A.S. ismli fuqaro ish izlab Turkiya hududiga borgan, biroq salomatligidagi kutilmagan muammolar tufayli ishini davom ettirish imkoniga ega bo‘lmagan.

Yigit sog‘lig‘i keskin yomonlashgach, ortga qaytish maqsadida Istanbul xalqaro aeroportiga yetib kelgan. Aeroport hududida bo‘lgan vaqtida uning ahvoli og‘irlashib, hushidan ketgan.

Voqea joyiga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilib, fuqaro shifoxonaga yotqizilgan. Diplomatik vakolatxona xodimlari mazkur holatni nazoratga olib, yigitning davolanish jarayonida yaqindan ko‘maklashgan.

Shifokorlar tomonidan zarur muolajalar ko‘rsatilgach va bemorning ahvoli barqarorlashgach, u O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi. Hozirgi vaqtda yigitning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Bosh konsulxona xorijda qiyin vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga doimiy ravishda huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish