
Ko‘pchilik yoshlik davrini hayotning eng beg‘ubor va qayg‘usiz pallasi, keksalikni esa xavotir hamda qiyinchiliklarga to‘la davr deb biladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Biroq sotsiologiya va psixologiya sohasidagi yirik ilmiy izlanishlar bu qarashlar noto‘g‘ri ekanligini tasdiqlamoqda. Tadqiqotchilar inson umri davomida hayotdan qoniqish darajasi qanday o‘zgarib borishini tahlil qiluvchi U-simon baxt grafigini taqdim etishdi.
Ushbu nazariyaga ko‘ra, kishi umrining ma’lum bir bosqichida o‘zini eng baxtsiz va ruhiy jihatdan zaif his qiladi. Odatda, bu holat o‘rta yosh inqirozi bilan bog‘liq bo‘lib, inson zimmasiga tushadigan ijtimoiy va oilaviy mas’uliyatning yuqori cho‘qqisi hisoblanadi.
Biroq yillar o‘tishi va kishi keksalik sari yaqinlashishi barobarida, hayotdan mamnunlik darajasi qaytadan o‘sa boshlaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab insonlar uchun qarilik davri ruhiy xotirjamlik va o‘zini anglash bilan bog‘liq yangi imkoniyatlar davri sifatida namoyon bo‘ladi.
Natijada, yoshlikdagi maksimalistik qarashlar o‘rnini tajriba va vazminlik egallab, insonning hayotiy sifat ko‘rsatkichlari ijobiy tomonga o‘zgaradi.






Izohlar
0