FVV Chorsu bozoridagi tutun yuzasidan rasmiy izoh berdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish1

FVV Chorsu bozoridagi tutun yuzasidan rasmiy izoh berdiIjtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida Toshkent shahridagi Chorsu bozorida yong‘in chiqqani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur vaziyat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Vazirlik axborot xizmatining qayd etishicha, joriy yilning 29 may kuni poytaxtning Shayxontohur tumani Saqichmon ko‘chasida joylashgan savdo majmuasida tutun kuzatilgani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv guruhlari safarbar etildi. O‘tkazilgan dastlabki tekshiruvlar natijasida savdo do‘konlarining yerto‘la qismida elektr kabelining qizib ketishi va erishi oqibatida tutun hosil bo‘lgani aniqlangan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yong‘in darajasiga yetmagan va ochiq olov bilan bog‘liq hodisa kuzatilmagan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Ayni damda mutaxassislar tomonidan vaziyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda hamda yuzaga kelgan texnik nosozlikning ko‘lami aniqlanmoqda. Vazirlik vaziyat nazoratga olinganini bildirib, fuqarolarni tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish