Fuqarolar murojaatlarni sifatli ko‘rib chiqilishini baholash imkoniga ega bo‘ldi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Fuqarolar murojaatlarni sifatli ko‘rib chiqilishini baholash imkoniga ega bo‘ldi

O‘zbekistonda davlat organlari hamda mas’ul xodimlar tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan yuzaki munosabat, rasmiyatchilik va quruq hisobotbozlik holatlariga barham berish maqsadida raqamli nazorat tizimi joriy etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Prezident Xalq qabulxonasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘zaro hamkorlikda fuqarolar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta aloqani ta’minlovchi SMS-xabarnoma tizimini amaliyotga tatbiq qildi. Ushbu yangi mexanizm murojaat mualliflariga o‘z shikoyat yoki takliflari qanchalik sifatli ko‘rib chiqilganini baholash imkonini beradi.

Endilikda davlat idoralaridan kelgan javoblar mazmuni bo‘yicha fuqarolar o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin. Agar murojaat yuzaki yondashuv bilan yopilgan bo‘lsa, tizim buni avtomatik ravishda qayd etadi va mas’ullar javobgarligini ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus davlat boshqaruvida shaffoflikni oshirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish hamda aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi. Endilikda har bir murojaatning natijasi raqamli nazorat ostida bo‘lib, mansabdor shaxslarning mas’uliyati sezilarli darajada kuchaytirilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish