Farg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan ota-ona sud qilindi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Farg‘onada o‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan ota-ona sud qilindi

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida o‘z farzandini sotishga uringan er-xotinga nisbatan sud hukmi chiqarildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tergov hujjatlariga ko‘ra, oilada voyaga yetmagan uch nafar farzand bo‘lgan. Ota-ona og‘ir moliyaviy ahvol va yig‘ilib qolgan qarzdorlik sababli oilaviy sharoitni yaxshilash maqsadida kenja farzandini begona shaxslarga pul evaziga berib yuborishga qaror qilgan.

Jinoyat ishi materiallarida qayd etilishicha, 2026 yilning aprel oyida er va xotin notanish shaxs bilan kelishuvga erishib, bir yarim yoshli o‘g‘lini 35 ming dollar evaziga sotishni rejalashtirgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida mazkur noqonuniy harakatning oldi olindi.

Sud jarayonida ayblanuvchilarning qilmishi har tomonlama o‘rganilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi. Mazkur holat jamiyatda farzand tarbiyasi va oilaviy mas’uliyat borasidagi jiddiy muammolarni yana bir bor kun tartibiga olib chiqdi.

Sud ushbu jinoyatning barcha tafsilotlarini inobatga olgan holda tegishli hukmni o‘qidi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish