BYD Yevropa bozoriga kirish uchun Milanda dizayn markazini ochdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

BYD Yevropa bozoriga kirish uchun Milanda dizayn markazini ochdi

Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi BYD Yevropa mintaqasidagi faoliyatini kengaytirish va o'z mavqeyini yanada mustahkamlash maqsadida navbatdagi strategik qadamni qo'ydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kompaniya bosh dizayneri Volfgang Egger rahbarligida Italiyaning Milan shahrida yangi Yevropa shtab-kvartirasi hamda dizayn markazi o'z faoliyatini boshladi. Ushbu yangi maskan nafaqat ma'muriy vazifalarni bajaradi, balki brendning ijodiy va texnik rivojlanishida markaziy o'rin tutishi ko'zda tutilgan.

Autocar nashriga bergan eksklyuziv intervyusida Volfgang Egger mazkur dizayn markazi kompaniyaning premial segmentdagi Denza modellar qatorini Yevropa bozoriga moslashtirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. Xitoylik avtomobilsozlar aynan Yevropa estetikasi va texnik talablariga javob beradigan mahsulotlar yaratish orqali mintaqa xaridorlarining ishonchini qozonishni maqsad qilgan.

Ushbu tashabbus BYD kompaniyasining global miqyosdagi ta'sirini oshirish va xalqaro bozorda raqobatbardoshligini ta'minlash yo'lidagi izchil siyosatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Milan shahri esa o'zining boy dizayn an'analari bilan yangi markaz uchun ideal platforma vazifasini o'taydi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish