Buxoroda hayvonga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan talaba o‘qishdan chetlashtirildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Buxoroda hayvonga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan talaba o‘qishdan chetlashtirildi

Buxoro shahrida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan video tasvirlar jamoatchilik o‘rtasida keskin muhokamalarni keltirib chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Videoda yigit kishi mushukni avtomat qurol singari ushlab, uni turli tomonga silkitayotgani aks etgan. Mazkur holat internet foydalanuvchilarining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lib, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat sifatida baholandi.

O‘tkazilgan dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, videodagi shaxs Buxorodagi Osiyo xalqaro universitetining tibbiyot yo‘nalishi talabasi ekani aniqlangan. Mazkur voqea yuzasidan oliy ta’lim muassasasi ma’muriyati rasmiy bayonot berdi.

Universitet rahbariyati talabaning bu kabi axloqqa zid va shafqatsiz xatti-harakatlarini keskin qoralab, uni o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qildi. Ta’lim muassasasi vakillarining ta’kidlashicha, talabalarning bunday qilmishlari universitetning ichki tartib-qoidalari hamda umuminsoniy qadriyatlarga mutlaqo zid hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda holat bo‘yicha tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish