Bugun yaqinlar bilan munosabatlarni tiklash uchun eng qulay fursat

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Bugun yaqinlar bilan munosabatlarni tiklash uchun eng qulay fursat

Inson hayot yo‘lida turli sabablar, tushunmovchiliklar yoki o‘rinsiz bahslar tufayli yaqin insonlar, qadrdon do‘stlar bilan aloqalar uzilishi kuzatilishi tabiiy hol. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ko‘pincha mayda xatolar yoki o‘z vaqtida hal qilinmagan masalalar munosabatlarga darz ketishiga olib keladi. Bugun, 17 oktyabr sanasi o‘tmishdagi xafagarchiliklarni kechirish kuni sifatida nishonlanishi bejiz emas.

Ushbu sana insonlarga qalbdagi og‘ir gina-kudurat va g‘uborlardan xalos bo‘lish, o‘tgan voqealarni tahlil qilib, munosabatlarni qayta tiklash uchun qulay imkoniyat taqdim etadi. Ko‘ngildagi sovuqlik va araz insonning ruhiy xotirjamligiga ta’sir ko‘rsatib, uni ichki ziddiyatlar bilan yashashga majbur qiladi.

Kechirimli bo‘lish nafaqat qarama-qarshi tomon uchun, balki avvalo insonning o‘z ichki dunyosi uchun muhimdir. Ushbu kun munosabatlarni yangi sahifadan boshlash, yo‘qotilgan rishtalarni qayta bog‘lash va sog‘lom muloqotni tiklash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

O‘tmishdagi xatolar uchun uzr so‘rash yoki kechirim ko‘rsatish orqali inson o‘zini ruhiy yuklardan ozod qiladi va kelajak uchun yanada ijobiy muhit yaratadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish