Bolaning sochini kal qilish uning qalinlashishiga yordam bermaydi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Bolaning sochini kal qilish uning qalinlashishiga yordam bermaydi

Ko‘plab ota-onalar farzandining sochlari qalin va sog‘lom o‘sishi uchun ularni muntazam ravishda kal qilib oldirish amaliyotidan foydalanadilar. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu usul jamiyatimizda uzoq yillardan buyon keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pchilik buni samarali vosita deb hisoblaydi. Biroq tibbiy tadqiqotlar va mutaxassislar xulosalari shuni ko‘rsatadiki, sochni qisqa qilib olish yoki butunlay oldirib tashlash uning tuzilishiga, qalinligiga yoki o‘sish sur’atiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Aslida, soch tolalarining qalinligi, rangi va o‘sish xususiyatlari tashqi mexanik ta’sirlarga emas, balki genetik omillarga, gormonal holatga hamda soch follikulalarining individual biologik xususiyatlariga bog‘liqdir. Sochni kal qilib olish faqat vizual o‘zgarish yasashi yoki qisqa muddatli qulaylik yaratishi mumkin, ammo u soch follikulalarining faoliyatini kuchaytirmaydi.

Shu sababli, bolalar sochining sifati va o‘sishi bilan bog‘liq masalalarda qadimiy qarashlarga tayanmasdan, ilmiy asoslangan ma’lumotlarga quloq tutish maqsadga muvofiqdir. Farzand salomatligi va soch o‘sish jarayonini yaxshilash uchun tashqi aralashuvlardan ko‘ra, ularning umumiy organizmi va ozuqaviy ehtiyojlariga e’tibor qaratish ancha samaraliroq natija beradi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish