
Majburiy ijro byurosining Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 2026-yil 2-martdagi ijro hujjati yuzasidan ish yuritish jarayoni boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, Bek Eko Hause mas’uliyati cheklangan jamiyati zimmasiga InfinBank aksiyadorlik jamiyati foydasiga 502 million so‘m miqdoridagi kredit qarzdorligini to‘lab berish majburiyati yuklatilgan. Shuningdek, sud qarorida ushbu mablag‘ni undirishni garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan avtotransport vositasiga qaratish masalasi ham belgilangan.
Byuro xodimlari tomonidan qarzdor tashkilot vakillariga ijro hujjati talablarini belgilangan muddat ichida ixtiyoriy ravishda bajarish zarurligi to‘g‘risida rasmiy ogohlantirish berildi. Ayni paytda ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.
Agar qarzdor tomon sud qarorida ko‘rsatilgan moliyaviy majburiyatni o‘z vaqtida bajarmasa, garovdagi mulkni realizatsiya qilish orqali bank manfaatlarini himoya qilish choralari ko‘riladi.






Izohlar
0