Asus videokartalar uchun maxsus ROG Equalizer quvvat kabelini taqdim etdi
Asus kompaniyasi 12V-2x6 va 12VHPWR konnektorlari bilan ishlaydigan videokartalar uchun mo'ljallangan ROG Equalizer quvvat kabelini sotuvga chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ixbt.com nashri bergan ma'lumotga ko'ra, mazkur aksessuar kontaktlar o'rtasida tok taqsimotini tenglashtiruvchi apparat himoyasiga ega. Ushbu texnologik yechim konnektorning haddan tashqari qizib ketishi va erib ketishi bilan bog'liq xavflarni sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi.
Mahsulotning AQSh bozoridagi narxi 50 dollar etib belgilandi. O'tkazilgan laboratoriya sinovlari davomida FurMark dasturi yordamida kabelga 600 Vt yuklama berildi.
Natijada konnektor harorati standart kabellarga nisbatan 9 darajaga past ekani aniqlandi. Sinov jarayonida GeForce RTX 5090D videokartasi hamda ROG Strix 1200W Platinum quvvat blokidan foydalanildi.
ROG Equalizer kabeli nafaqat alohida aksessuar sifatida sotiladi, balki 2026 yilgi ROG Thor III va ROG Strix Platinum quvvat bloklari jamlanmasidan ham joy oladi. Mutaxassislar kabelning tuzilishi ancha qattiq ekanini inobatga olib, uni ixcham korpuslar ichiga o'rnatishda ehtiyotkorlik bilan yondashish zarurligini ta'kidlamoqda.