AQSHda o‘ttiz yilgacha quvvat talab qilmaydigan batareyalar yaratilmoqda

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

AQSHda o‘ttiz yilgacha quvvat talab qilmaydigan batareyalar yaratilmoqdaAQSHning Morgan davlat universiteti tadqiqotchilari uzoq muddat davomida tashqi quvvat manbalariga ehtiyoj sezmaydigan va texnik xizmat koʻrsatishni talab qilmaydigan yangi avlod radioizotop batareyalarini yaratish boʻyicha ilmiy izlanishlarni boshlab yuborishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining xabar berishicha, ushbu loyiha AQSH Mudofaa vazirligining Ilgʻor tadqiqot loyihalari agentligi – DARPA tomonidan moliyalashtirilmoqda. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, mazkur texnologiya bir necha oʻn yillar mobaynida uzluksiz ishlash imkoniyatiga ega boʻlib, u energetika sohasidagi mavjud muammolarni hal qilishda muhim qadam boʻlishi kutilmoqda.

Radioizotop quvvat manbalari oʻzining yuqori samaradorligi va chidamliligi bilan ajralib turadi, bu esa ularni ekstremal sharoitlarda yoki inson aralashuvi qiyin boʻlgan hududlarda foydalanish uchun juda qulay qiladi. Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi energetika tarmoqlarida tub burilish yasashi va kelajakdagi texnik rivojlanish uchun yangi ufqlarni ochib berishi mumkin.

Hozirgi bosqichda olimlar ushbu quvvat manbalarining xavfsizligi va barqarorligini taʼminlash ustida jiddiy ish olib borishmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish