AQSh kosmosdagi chiqindilarni tozalash bo‘yicha yangi loyihani boshladi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

AQSh kosmosdagi chiqindilarni tozalash bo‘yicha yangi loyihani boshladi

AQSh Mudofaa vazirligi tarkibidagi Kosmosni o‘zlashtirish agentligi hamda Mudofaa innovatsiyalari agentligi orbital chiqindilarni bartaraf etish va ularni boshqariladigan tartibda Yer atmosferasiga qaytarishga qaratilgan yangi loyihani ishga tushirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Deorbit-as-a-service deb nomlangan ushbu dastur kosmik makondagi xavfsizlikni ta’minlash va orbitadagi keraksiz obyektlar sonini kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan. Ixbt.com nashrining xabar berishicha, tashabbusning ilk bosqichida Firefly Aerospace, D-Orbit hamda Katalyst Space kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida xususiy sektor vakillari o‘z texnologiyalarini namoyish etishlari va kosmosdagi chiqindilarni tozalash jarayonini samarali yo‘lga qo‘yishlari ko‘zda tutilgan. Ushbu qadam kelgusida orbital infratuzilmaning barqarorligini ta’minlash hamda kosmik faoliyat bilan bog‘liq xatarlarni minimallashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Agentliklar mazkur xizmatni tijoriy asosda rivojlantirish va uni keng miqyosda tatbiq etishni rejalashtirmoqda. Bu jarayon kosmik sanoatda yangi yo‘nalishni shakllantirib, chiqindilarni boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlarni belgilashga xizmat qiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish