Apple kompaniyasi ikki yillik kutish va koʻplab vaʼdalardan soʻng, WWDC 2026 konferensiyasi doirasida oʻzining ovozli yordamchisi Siri tizimini tubdan yangilagan holda taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Techcrunch.com nashrining xabar berishicha, endilikda Siri AI deb nomlanadigan mazkur platforma oddiy ovozli buyruqlarni bajaruvchi dastur maqomidan chiqib, foydalanuvchilarning koʻp funksiyali raqamli hamrohiga aylantirilgan. Texnologik yangilanish sunʼiy intellekt imkoniyatlarini maksimal darajada kengaytirishga qaratilgan boʻlib, u foydalanuvchi bilan yanada tabiiyroq muloqot qilish hamda murakkabroq vazifalarni avtomatik tarzda bajarish qobiliyatiga ega.
Kompaniya yangi tizimni alohida Siri ilovasi koʻrinishida taqdim etmoqda, bu esa foydalanuvchilarga sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan yanada qulay va tizimli foydalanish imkonini beradi. Mazkur yondashuv Apple kompaniyasining raqamli xizmatlar bozoridagi oʻrnini mustahkamlash hamda texnologik ekotizimni yangi bosqichga olib chiqish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.
Yangilangan tizimning imkoniyatlari kelgusida foydalanuvchilarning kundalik ish jarayonlarini optimallashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Apple suniy intellektga asoslangan yangi Siri tizimini taqdim etdi
Bu maqola qanday bo'ldi?