Antiradarlar nima uchun yo‘l nazorati kameralarini aniqlay olmayapti

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Antiradarlar nima uchun yo‘l nazorati kameralarini aniqlay olmayapti

Yo‘llarda harakatlanayotgan ko‘plab haydovchilar maxsus antiradar qurilmalarini o‘rnatish orqali yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlaridan to‘liq himoyalanganmiz, deb o‘ylashadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Biroq ko‘p hollarda haydovchilar uchun kutilmagan vaziyat yuzaga keladi: antiradar hech qanday ogohlantirish signali bermagan bo‘lsa-da, uyga tezlikni oshirish yoki boshqa turdagi qoidabuzarliklar uchun jarima xatlari kelib tushadi. Bu holat ko‘pchilikda haqli savollarni tug‘diradi va qurilmaning sozligiga nisbatan shubha uyg‘otadi.

Aslida, bunday vaziyat antiradarning nosozligidan emas, balki zamonaviy yo‘l nazorati tizimlarining yangilangan texnologiyalaridan dalolat beradi. Hozirgi kunda yo‘llarda qo‘llanilayotgan yangi avlod radarlari va kuzatuv kameralari eski turdagi detektorlar tomonidan aniqlanmaydigan maxsus signallar yoki umuman signal chiqarmaydigan texnologiyalar asosida ishlaydi.

Shu bois, haydovchilar qimmatbaho qurilmalarga ko‘r-ko‘rona ishonib, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmasliklari xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Har qanday texnik vosita yo‘l qoidalariga ongli ravishda amal qilish o‘rnini bosa olmaydi.

Shuning uchun, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlashning eng samarali yo‘li bu texnikaga tayanib qolish emas, balki belgilangan tezlik va qoidalarga qat’iy rioya qilish hisoblanadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish