Anomal issiqda konditsionerdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Anomal issiqda konditsionerdan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalarAnomal issiq kunlar kuzatilayotgan davrda konditsionerlardan to‘g‘ri foydalanish ham salomatlik, ham elektr energiyasi sarfini nazorat qilish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ko‘pchilik foydalanuvchilar orasida konditsioner pultidagi haroratni qanchalik past darajaga tushirilsa, xona shunchalik tez soviydi, degan noto‘g‘ri qarash mavjud. Amalda esa pultdagi raqamlar sovuq havoning kuchini emas, balki xona ichida saqlanishi lozim bo‘lgan maqbul harorat darajasini belgilaydi.

Masalan, konditsionerni 16 daraja haroratga sozlash xonani darhol muzdek holatga keltirmaydi, aksincha, uskunaning belgilangan haroratga yetguniga qadar to‘xtovsiz ishlashiga va elektr energiyasining ortiqcha sarflanishiga olib keladi. Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, tashqi muhit harorati bilan xona ichidagi harorat o‘rtasidagi farq 7-8 darajadan oshmasligi kerak.

Bu organizmning keskin harorat o‘zgarishlariga moslashuvini yengillashtiradi va shamollash hamda boshqa salbiy asoratlarning oldini oladi. Shuningdek, konditsioner ishlayotgan vaqtda deraza va eshiklarni mahkam yopiq holda saqlash sovutish samaradorligini oshiradi.

Texnikani muntazam tozalab turish ham uning ishlash muddatini uzaytiradi hamda havo sifatini yaxshilaydi. Energiyani tejash va salomatlikni asrash uchun konditsionerni o‘rtacha, qulay harorat rejimida ishlatish eng maqbul yechim hisoblanadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish