Kraken kriptobirjasi SpaceX aksiyalarini tokenizatsiya qilishni rejalashtirmoqda

0
Joriy yilda kriptovalyuta bozori global makroiqtisodiy o‘zgarishlar hamda tartibga soluvchi organlar tomonidan belgilanayotgan noaniq qoidalar ta’siri ostida qolgan bo‘lsa-da, aktivlarni tokenizatsiya qilish yo‘nalishi barqaror sur’atlarda rivojlanishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xususan, real dunyo aktivlarini qisqacha RWA deb ataluvchi blokcheyn infratuzilmasiga integratsiya qilish jarayoni jadallashgan. Moliya institutlari va an’anaviy bank tizimlari mazkur texnologik yechimlarni o‘z faoliyatiga kengroq tatbiq etishga qiziqish bildirmoqda.

Bu boradagi muhim yangiliklardan biri sifatida Kraken kriptobirjasining tashabbusini qayd etish joiz. Mazkur platforma xStocks tizimi orqali SpaceX kompaniyasi aksiyalarini tokenizatsiya qilish imkoniyatini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Ushbu qadam moliya bozorlarida raqamli aktivlarning o‘rni yanada mustahkamlanayotganidan dalolat beradi. Investitsiya muhitidagi bunday o‘zgarishlar an’anaviy moliyaviy vositalar va zamonaviy blokcheyn texnologiyalarining o‘zaro uyg‘unlashuvi yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘rsatadi.

Mutaxassislar fikricha, tokenizatsiya jarayoni kelgusida kapitallarni boshqarish va aktivlar likvidligini ta’minlashda muhim instrumentga aylanishi kutilmoqda.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Iqtisodiyot yangiliklari