
Mukbang yo‘nalishida faoliyat yuritgan va ijtimoiy tarmoqlarda Ganfan Yingying nomi bilan mashhur bo‘lgan 24 yoshli bloger Chen Szii vafot etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
U o‘zining gastronomik kontentlari orqali 1,2 million nafar obunachi auditoriyasini to‘plashga muvaffaq bo‘lgan edi. Fojiali voqea blogerning salomatligi bilan bog‘liq jiddiy muammolar fonida yuz berdi.
Chen Szii o‘zining oxirgi videomaterialini shifoxona sharoitida suratga olgan bo‘lib, unda tomoshabinlarni salomatlik har narsadan ustun ekanligi haqida ogohlantirgan edi. Ushbu murojaatidan atigi uch kun o‘tib, blogerning vafot etgani ma’lum qilindi.
Mutaxassislarning fikricha, qisqa vaqt ichida haddan tashqari ko‘p miqdorda oziq-ovqat iste’mol qilish hamda tartibsiz ovqatlanish rejimi uning organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Hozirda mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda va ko‘plab foydalanuvchilar blogerning vafoti ortidan sog‘lom turmush tarzi muhimligini yana bir bor eslatib o‘tishmoqda.






Izohlar
0