Ijtimoiy tarmoqda pasport ko‘rsatish firibgarlar uchun qo‘l keldi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Ijtimoiy tarmoqda pasport ko‘rsatish firibgarlar uchun qo‘l keldi

Rossiyaning Moskva shahrida istiqomat qiluvchi Valeriya ismli fuqaro ijtimoiy tarmoqlardagi ehtiyotsizligi tufayli firibgarlar nishoniga aylandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rossiya ommaviy axborot vositalari, xususan, Ostorojno, novosti kanaliga tayanib xabar berishicha, qiz o‘zining shaxsiy sayohati aks etgan videolavhani internetga joylagan. Ushbu videoda uning pasport ma’lumotlari tasodifan ko‘rinib qolgan va bu holat jinoyatchilar uchun qo‘l kelgan.

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, Valeriya iyul oyi oxirida Krasnodar orqali Rostov-Donga amalga oshirgan safari jarayonini Reels formatida sahifasiga yuklagan. Videolavhaning kirish qismida qiz o‘zining yo‘l chiptalarini namoyish etgan.

Aynan shu kadrda pasportdagi shaxsiy ma’lumotlar ochiq-oydin aks etib qolgan. Mazkur holatdan foydalangan firibgarlar qizning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, turli noqonuniy harakatlarni amalga oshirishga urinishgan.

Mutaxassislar ijtimoiy tarmoqlarda shaxsni aniqlash imkonini beruvchi hujjatlar yoki chiptalarni e’lon qilishda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lish zarurligini yana bir bor eslatib o‘tishmoqda. Mazkur voqea kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik qanday jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatib berdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish