
Ijtimoiy tarmoqlarda Eronning strategik ahamiyatga ega Hurmuz bo‘g‘ozi qirg‘oqlarida yuz bergan g‘ayrioddiy hodisa aks etgan videolar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Tasvirlarda dengiz to‘lqinlari bilan qirg‘oqqa chiqarib tashlangan minglab iPhone smartfonlarini mahalliy aholi vakillari shoshilinch ravishda yig‘ib olayotganini ko‘rish mumkin. Odamlar qimmatbaho qurilmalarni qop va xaltalarga solib, o‘zlari bilan olib ketishga harakat qilishmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat dengizda harakatlanayotgan va tarkibida elektronika mahsulotlari bo‘lgan konteyner tashuvchi kemaning halokatga uchrashi yoki texnik nosozlikka duch kelishi oqibatida yuzaga kelgan. Natijada yuk konteynerlari dengizga tushib ketgan va oqim ta’sirida qirg‘oqqa yaqinlashgan.
Hozircha ushbu texnologik yuklarning qaysi kompaniyaga tegishli ekani va umumiy zarar miqdori yuzasidan rasmiy bayonotlar berilmadi. Mahalliy aholi uchun kutilmagan ushbu vaziyat hududdagi tartib-qoidalarning buzilishiga va ommaviy yig‘im-terim jarayoniga olib keldi.
Voqea joyiga tegishli xizmatlar jalb etilishi yoki holat yuzasidan tekshiruvlar boshlanishi kutilyapti.






Izohlar
0