Astanada o‘n beshinchi qavatdan qulagan ayol va bola vafot etdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Astanada o‘n beshinchi qavatdan qulagan ayol va bola vafot etdi

Astanadagi ko‘p qavatli turar joy binolaridan birida sodir bo‘lgan mudhish voqea jamoatchilik orasida katta rezonans keltirib chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu fojia oqibatida 27 yoshli ayol va ikki yoshli bola hayotdan ko‘z yumdi. Huquq-tartibot organlari mazkur hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini boshlab, voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganishga kirishdi.

Shahar politsiyasi departamentining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ayol bino 15-qavatidan pastga qulagan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ayol 15-qavatdan tushib ketishi natijasida pastda bo‘lgan ikki yoshli bolaning aravachasi ustiga tushgan.

Afsuski, har ikki shaxs ham olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Ayni damda mutaxassislar hodisa sabablarini aniqlash maqsadida ekspertiza ishlarini olib bormoqda.

Voqea joyida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishlamoqda, tegishli surishtiruvlar yakunlangach, rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda. Mazkur holat shaharda chuqur tashvish uyg‘otdi va huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olindi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish