Stiven Jerrard Manchester Siti atrofidagi vaziyatga keskin munosabat bildirdi

Aziz Karimov2 daqiqalik o'qish

Stiven Jerrard Manchester Siti atrofidagi vaziyatga keskin munosabat bildirdi


"Liverpul" klubining sobiq sardori Stiven Jerrard "Manchester Siti" atrofida yuzaga kelgan moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha keskin fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ayni damda "shaharliklar" Angliya Premer-ligasining moliyaviy qoidalarini ko‘p marotaba buzganlikda ayblanmoqda. Garchi klub rahbariyati ushbu qarorga qarshi apellyatsiya bergan bo‘lsa-da, vaziyat jiddiy tus olgan.

Jerrard 2013/2014-yilgi mavsumda "Liverpul" chempionlikdan mahrum bo‘lgani haqida to‘xtalar ekan, o‘sha mavsum uchun g‘oliblik medalini olish niyati yo‘qligini ta’kidladi. Afsonaviy futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u o‘z faoliyatida APL chempionligini qo‘lga kirita olmaganini qabul qilgan.

Biroq u "Manchester Siti" muxlislari va futbolchilarining "bizdan o‘sha lahzalarni tortib ololmaysiz" degan gaplariga nisbatan e’tiroz bildirdi. "Xo‘sh, ular boshqalardan tortib olgan lahzalar-chi?

Gap faqat men yoki Liverpul haqida ketmayapti. Gap Tottenxem, Manchester Yunayted, Everton hamda boshqa barcha jamoalar muxlislari haqida bormoqda.

Manchester Siti bilan bog‘liq har bir inson ular boshqalarning qanday xotiralarini o‘g‘irlagan bo‘lishi mumkinligi haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerak", — deya Jerrardning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Touchline nashri. Eslatib o‘tamiz, matbuotda "Manchester Siti" klubiga nisbatan jiddiy sanksiyalar qo‘llanilishi, jumladan, ularni Premer-ligadan chetlatish masalasi ham ko‘rib chiqilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Hozircha tergov jarayonlari davom etmoqda va yakuniy qaror futbol olamida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish