Mourinyu Negreyra ishi jahon futboli uchun katta fojia ekanini aytdi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Mourinyu Negreyra ishi jahon futboli uchun katta fojia ekanini aytdi


"Real Madrid" klubining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu Ispaniya futbolini larzaga solayotgan "Negreyra ishi" bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Hozirgi vaqtda "Barselona" klubi Hakamlar texnik qo‘mitasining sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga noqonuniy to‘lovlar amalga oshirganlikda ayblanib, rasmiy tergov ostida qolmoqda. El Chiringuito TV nashriga bergan intervyusida portugaliyalik mutaxassis vaziyatga keskin baho berdi.

Mourinyuning ta’kidlashicha, agar ushbu holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmasa, bu jahon futboli hakamligi tarixidagi eng yirik mojaroga aylanadi. Eslatib o‘tamiz, "Barselona" prezidenti Joan Laporta avvalroq klub tomonidan hech qanday qoida buzilishiga yo‘l qo‘yilmaganini ma’lum qilgan edi.

U "Real Madrid" rahbariyatini mazkur mojaroni ataylab bo‘rttirib ko‘rsatishda va jamoaga bosim o‘tkazishda aybladi. Kataloniyaliklar tomoni Negreyraga o‘tkazilgan mablag‘lar hakamlik qarorlariga ta’sir qilish uchun emas, balki hakamlar faoliyati tahlil qilingan hisobotlar uchun to‘langanini ta’kidlamoqda.

Ayni damda ushbu shov-shuvli ish bo‘yicha sud jarayonlari davom etmoqda va futbol jamoatchiligi yakuniy qarorni kutmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish