Maykl Olise faoliyatida ilk bor qizil kartochka oldi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Maykl Olise faoliyatida ilk bor qizil kartochka oldi


Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Maykl Olise Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida "Viking"ga qarshi kechgan bahsni muddatidan avval yakunlashga majbur bo'ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Uchrashuvning 73-daqiqasida fransiyalik futbolchi hakam tomonidan maydondan chetlatildi. Qizig'i shundaki, o'yinchi bir vaziyatning o'zida ketma-ket ikkita sariq kartochka olib, qizil kartochkaga loyiq ko'rildi.

WhoScored tahliliy portali ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi o'zining professional faoliyatida ilk bor maydondan chetlatildi. Olise bungacha so'nggi bor 2019-yil boshida, Angliyaning "Reding" klubi yoshlar jamoasida to'p surayotgan vaqtida qizil kartochka olgan edi.

Maykl Olisening maydonni tark etishi "Bavariya" o'yiniga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Bir kishi kam bo'lib qolgan myunxenliklar g'alabani saqlab qola olishmadi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida "Viking" hisobni tenglashtirib, sensatsion tarzda 3:3 hisobidagi durangga erishdi. Ta'kidlash joizki, o'yin davomida Norvegiya jamoasi 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq "Bavariya" vaziyatni o'nglashga muvaffaq bo'lgandi.

Yakunda esa o'n kishi bo'lib qolgan mehmonlar g'alabani boy berishdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish