Kitobxon askarlarning xizmat muddati bir oyga qisqarishi mumkin

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Kitobxon askarlarning xizmat muddati bir oyga qisqarishi mumkin

O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar uchun kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan yangi imtiyozli tizim joriy etilishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tegishli qonun loyihasi tasdiqlangan taqdirda, respublika miqyosida tashkil etiladigan kitobxonlik tanlovlarida yuqori natijalarni qayd etgan va sovrinli o‘rinlarni egallagan harbiy xizmatchilar uchun rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi. Xususan, g‘olib bo‘lgan askarlarning majburiy xizmat muddati bir oyga qisqartirilishi rejalashtirilmoqda.

Hozirgi kunda amalda bo‘lgan 12 oylik xizmat davri ushbu o‘zgarishdan so‘ng muayyan toifadagi harbiy xizmatchilar uchun 11 oyni tashkil etishi mumkin. Ushbu tashabbus yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda intellektual salohiyatli kadrlar safini kengaytirishga xizmat qiladi.

Qonunchilikdagi mazkur yangilik harbiy xizmat davrida o‘z ustida muntazam ishlaydigan va bilim darajasini oshirib boradigan askarlar uchun qo‘shimcha motivatsiya vazifasini o‘taydi. Ayni paytda loyiha tegishli tartibda ko‘rib chiqilmoqda va uning ijrosi bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilanmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish