Kilian Mbappe Ispaniyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Kilian Mbappe Ispaniyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqdaFransiya terma jamoasi a'zolari va dunyo bo'ylab futbol ishqibozlari uchun xotirjamlik baxsh etuvchi yangilik ma'lum bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Jamoa sardori Kylian Mbappening Jaxon chempionati yarim final bahsi arafasida olgan jarohati jiddiy emasligi tasdiqlandi. Real Madrid hujumchisi Marokash terma jamoasiga qarshi kechgan chorak final uchrashuvida to'pig'idan shikastlanib, o'yinni muddatidan avval yakunlashga majbur bo'lgan edi.

Ushbu holat futbolchining turnirning keyingi bosqichlarida maydonga tusha olishi borasida qator savollarni yuzaga keltirgan va muxlislarda xavotir uyg'otgan edi. Biroq tibbiy ko'riklar va jamoa shifokorlarining xulosasiga ko'ra, futbolchining sog'lig'i hozirda xavf ostida emas.

Bu xabar fransuzlar uchun muhim palla hisoblangan yarim final o'yini oldidan katta yengillik bo'ldi. Endilikda Kylian Mbappening navbatdagi bellashuvda ishtirok etishi bo'yicha yuzaga kelgan noaniqliklarga barham berildi va u jamoa bilan birgalikda tayyorgarlik jarayonlarini davom ettirishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish