Ikkita klub Barselona himoyachisi Ektor Fortni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish2

Ikkita klub Barselona himoyachisi Ektor Fortni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi


"Barselona" klubi tarbiyalanuvchisi, o‘ng qanot himoyachisi Ektor Fort transfer bozorida qator Yevropa klublarining e’tiborini tortmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Xususan, Dortmundning "Borussiya" va Ispaniyaning "Real Sosedad" jamoalari 20 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqda taniqli jurnalist Jerar Romero xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, "Borussiya" ushbu transfer poygasida asosiy da’vogar sifatida ko‘rilayotgan edi. Biroq nemis klubi futbolchini xarid qilishi uchun avvalo o‘z tarkibidagi bir nechta o‘yinchini sotuvga qo‘yishi va moliyaviy balansni to‘g‘rilab olishi talab etiladi.

"Real Sosedad"dagi vaziyat esa yanada murakkabroq. Basklar klubi hozircha na kataloniyaliklar belgilagan transfer summasini to‘lashga, na futbolchining maosh borasidagi talablarini qondirishga qodir.

Ma’lumot uchun, "Barselona" o‘z himoyachisini taxminan 20 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Ektor Fort ijara asosida "Elche" jamoasi safida to‘p surgan edi.

Hozircha tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda, biroq moliyaviy to‘siqlar bitimning yakunlanishiga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Kelgusi kunlarda vaziyatga oydinlik kiritilishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish