
«Manchester Yunayted» klubining sobiq himoyachisi Gari Nevill Londonning «Arsenal» jamoasi tarkibi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Angliya chempionatining amaldagi g‘oliblari mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlab, dastlabki ikki turda zafar quchishdi. Xususan, dushanba kuni Mikel Arteta shogirdlari safarda «Aston Villa» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi.
«Arsenal Radar» nashri xabariga ko‘ra, Nevill «to‘pchilar» tarkibini yuqori baholagan. Uning fikricha, agar «Manchester Yunayted», «Chelsi» yoki «Liverpul» klublariga «Arsenal» hujumchilari bilan o‘z futbolchilarini almashtirish taklif etilsa, ular ikkilanib qolishlari mumkin.
Biroq gap himoya va yarim himoya chiziqlari haqida ketganda, raqib jamoalar hech ikkilanmay o‘z futbolchilarini «Arsenal» vakillariga almashtirgan bo‘lardi. Ekspertning ta’kidlashicha, londonliklarning o‘yin tizimi va tarkibdagi muvozanat ayni damda raqobatchilardan ustunroq ko‘rinmoqda.
Joriy yilning 6-sentabr, yakshanba kuni «Arsenal» o‘z maydonida «Chelsi» jamoasini qabul qiladi. E’tiborli tomoni shundaki, «ko‘klar» ham mavsumni ikkita g‘alaba bilan boshlagan va turnir jadvalida yaqqol peshqadamlar qatorida bormoqda.
Mazkur qarama-qarshilik chempionatning dastlabki bosqichidagi eng markaziy o‘yinlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.






Izohlar
0