Vengriyada mast shaxs samolyot o‘g‘irlab atom stansiyasi tomon uchdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Vengriyada mast shaxs samolyot o‘g‘irlab atom stansiyasi tomon uchdi

Vengriya matbuotida tarqalgan xabarlarga ko'ra, 29 avgust kuni ertalab Kalocha shahridagi aerodromda favqulodda hodisa yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yigirma to'rt yoshli erkak tegishli ruxsatnomalarsiz Cessna 172 rusumli yengil samolyotni boshqaruviga olib, havoga ko'tarilgan. Parvoz boshlanganidan ko'p o'tmay, mamlakat harbiy radarlari mazkur uchish apparatini aniqlagan va kuzatuvga olgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, samolyot yo'nalishi Vengriyadagi Paksh atom elektr stansiyasi tomon yo'naltirilgan. Ushbu obyekt mamlakatning strategik muhim infratuzilmasi hisoblanib, uning atrofida parvozlar uchun maxsus muhofaza qilinadigan havo hududi belgilangan.

Huquq-tartibot organlari va tegishli xizmatlar vaziyatni nazoratga olgan holda, samolyotning ushbu taqiqlangan hududga yaqinlashishi bilan bog'liq xavfsizlik choralarini ko'rishga kirishgan. Ayni damda hodisaning tafsilotlari va shaxsning bunday xatti-harakatga qo'l urishiga nima sabab bo'lgani yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Rasmiy idoralar mazkur holat bo'yicha qo'shimcha bayonotlar berishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish