Fransiyalik jurnalist Karim Benzemaning tarixiy o‘rnini tanqid qildi

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Fransiyalik jurnalist Karim Benzemaning tarixiy o‘rnini tanqid qildi


Taniqli fransiyalik jurnalist Yoann Riu Karim Benzemaning jahon futbolidagi o‘rni va ahamiyati haqidagi qarashlarini tanqid ostiga oldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Yaqinda 38 yoshli hujumchi o‘zini futbol tarixidagi eng yaxshi uch nafar hujumchidan biri deb hisoblashini, biroq braziliyalik Ronaldo bu borada undan ustunroq ekanini ta’kidlagandi. Yoann Riu ushbu fikrlarga nisbatan keskin munosabat bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Benzema o‘z imkoniyatlarini haddan tashqari yuqori baholamoqda. Jurnalist "Actu Foot" nashriga bergan intervyusida futbol tarixi 2010-yillardan boshlanmaganini, bu sport turi o‘nlab yillik boy o‘tmishga egaligini eslatib o‘tdi.

"Kechirasiz, ammo men uchun Benzema tarixda o‘tgan eng kuchli 20 nafar hujumchi qatoriga ham kirmaydi. Karimning ko‘nglini og‘ritish niyatim yo‘q, biroq uni nafaqat kuchli yigirmatalik, balki o‘ttiztalik ro‘yxatida ham ko‘rmayapman", – deya ta’kidladi Riu.

Eslatib o‘tamiz, Karim Benzema Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubidan ketganidan so‘ng, hozirgi vaqtda erkin agent maqomida qolmoqda. Futbolchining kelajagi va uning faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

Ushbu bahsli bayonotlar esa futbol jamoatchiligi o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish