Marko Rubio Saida Mirziyoyevaning faoliyatiga yuqori baho berdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Marko Rubio Saida Mirziyoyevaning faoliyatiga yuqori baho berdi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan biznes-forum doirasida AQSH davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

O‘z chiqishi davomida davlat kotibi Saida Mirziyoyevaning samarali faoliyatini alohida ta’kidlab, uning ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashdagi o‘rniga yuqori baho berdi. Shuningdek, Marko Rubio AQSH prezidentining maxsus vakili Serjio Gorga hamkorlikdagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik izhor etdi.

Tomonlarning ta’kidlashicha, AQSH–O‘zbekiston biznes va investitsiya kengashi hamda C5+1 formati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar mintaqaviy va ikki tomonlama iqtisodiy sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur tashabbuslar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiya muhitini yaxshilash hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda strategik ahamiyat kasb etadi.

Forum qatnashchilari ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik kelgusida ham izchil davom ettirilishini qayd etishdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish