
Bavariya bosh murabbiyi Ko'mpani Chempionlar ligasida g'alaba qozonsa, maxsus bonus oladi
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Ko'mpani jamoani Chempionlar ligasida chempion qilsa, maxsus bonus bilan taqdirlanadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Sport Bild'ning xabar berishicha, Myunxen klubi rahbariyati Ko'mpaniga ushbu turnirda g'alaba qozongan taqdirida 1 million yevro to'laydi. Bu band belgiyalik mutaxassisning 2029-yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomasida ko'zda tutilgan.
Tomonlar o'tgan yilning kuzida shartnoma imzolagan edi. Vensan Ko'mpani 2024-yil yozidan buyon jamoani boshqarib kelmoqda.
Yaqinda Myunxen klubi Bundesligada muddatidan oldin chempionlikni kafolatladi. "Bavariya"ning PSJ bilan o'yinlari 28-aprel va 6-may kunlari bo'lib o'tadi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0