Barselona El-Klasiko o‘yinidan rekord darajada daromad olishi kutilmoqda

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Barselona El-Klasiko o‘yinidan rekord darajada daromad olishi kutilmoqda


"Barselona" futbol klubi "Real Madrid"ga qarshi bo'lib o'tadigan navbatdagi "El-Klasiko" uchrashuvidan tushadigan daromad bo'yicha yangi rekord o'rnatishni maqsad qilgan. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

SPORT nashri xabariga ko'ra, yakshanba kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadigan bahs uchun chiptalarning deyarli barchasi sotib bo'lingan va tribunada bo'sh o'rinlar juda kam qolgan. Chiptalar savdosi joriy yilning 29-sentyabr kunidan boshlangan edi.

Dastlabki bosqichda eng arzon chiptalar narxi 299 yevrodan 640 yevrogacha bo'lgan bo'lsa, hozirgi kunda qolgan standart o'rinlar narxi sezilarli darajada oshdi. Xususan, "Gol 2 Superior" sektoridagi o'rinlar 1249 yevro, markaziy tribunadagi chiptalar esa 2099 yevrogacha ko'tarilgan.

VIP-paketlar narxi esa yanada yuqori bo'lib, ular 2400 yevrodan 8000 yevrogacha yetadi. Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumning 10-may kuni "Barselona" o'z uyida "Real"ga qarshi o'tkazilgan o'yindan chiptalar savdosi orqali 16,4 million yevro daromad qilgan edi.

Hozirgi kunda stadionda olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari sababli o'yingoh to'liq quvvat bilan ishlamayotgan bo'lsa-da, klub ushbu moliyaviy natijani yangilashga ishonmoqda. Mutaxassislar chiptalar narxining oshishi va muxlislarning yuqori qiziqishi evaziga "Barselona" o'z rekordini yangilashiga deyarli shubha yo'qligini ta'kidlashmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish