Braziliyalik iqtidorli yarim himoyachi Andrey Santos Londonning Chelsi klubi bilan xayrlashib, faoliyatini Manchester Yunayted safida davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur qarorning ortida futbolchining Stamford Bridge stadionida asosiy tarkibdan joy olish imkoniyatlari sezilarli darajada qisqargani turibdi. O'zining o'yin amaliyotini saqlab qolish va professional o'sishda davom etishni maqsad qilgan sportchi, klub rahbariyatiga rasmiy ravishda transfer so'rovi bilan murojaat qildi.
Daily Mail nashrining ta'kidlashicha, ushbu o'tish tomonlar uchun ham kutilgan, ham zaruriy qadam sifatida baholanmoqda. Manchester Yunayted murabbiylar shtabi yosh yarim himoyachining salohiyatini yuqori baholaydi va uni jamoaning kelgusi mavsumdagi rejalari uchun muhim o'yinchi deb hisoblaydi.
Andrey Santosning yangi klubiga o'tishi bilan bog'liq muzokaralar yakuniy bosqichga yetdi va tez orada rasmiy tasdig'ini topishi kutilmoqda. Futbolchi o'z faoliyatida yangi sahifa ochishga tayyor ekanini bildirib, Angliya futbolidagi tajribasini yanada boyitish niyatida.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0