O‘zbekiston oshpazlari 12 mingdan ortiq somsa tayyorlab rekord o‘rnatdi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish2

O‘zbekiston oshpazlari 12 mingdan ortiq somsa tayyorlab rekord o‘rnatdiO‘zbekiston gastronomiyasi yana bir xalqaro e’tirofga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatimiz Ginnes rekordlar kitobidan joy olgan navbatdagi yutuqni qayd etdi. Bu safar rekord eng ko‘p miqdordagi somsani tayyorlash bo‘yicha o‘rnatildi.

Avvalroq lavash tayyorlash yo‘nalishida ham shunday natija qayd etilgani yurtimizning pazandalik salohiyati yuksak darajada ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur jarayonda jami 12 634 dona somsa pishirildi.

Ushbu rekord ko‘rsatkichni qo‘lga kiritish uchun 50 ga yaqin oshpaz birlashib, mahorat ko‘rsatdi. Tayyorgarlik jarayonida 44 ta tandirdan bir vaqtning o‘zida foydalanildi.

Rekord o‘rnatish jarayoni o‘ziga xos murakkabliklarga ega bo‘ldi. Har bir somsa alohida qo‘l mehnati yordamida tugilib, tandirlarga yopildi.

Bunday natija katta sabr, aniq hisob-kitob va jamoaviy hamjihatlikni talab qildi. Mashaqqatli mehnat o‘z samarasini berib, rekord rasman tasdiqlandi.

Ushbu yutuq mamlakatimiz uchun faxrli voqea sifatida e’tirof etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar va tomoshabinlar erishilgan muvaffaqiyatni bayramona kayfiyatda nishonlashdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish