Yulduz Usmonova sahnada xushtak chalingach keskin javob berdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Yulduz Usmonova sahnada xushtak chalingach keskin javob berdiO‘zbekistonning taniqli xonandasi Yulduz Usmonova kontsert davomida kutilmagan voqea yuz berganidan so‘ng tomoshabinlarga murojaat qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning ijrosi yakunlangach, zalning ayrim qismlaridan xushtak chalish ovozlari eshitildi. Bunga javoban xonanda sahnadan keskin va ochiq munosabat bildirdi.

Yulduz Usmonova murojaatida shunday dedi: “Men latifa aytayotganim yo‘q, xushtak chaladigan. Agar ota-onangiz hayot bo‘lishsa, ularning qadriga yetib, oyoqlarini o‘pib keling.

O‘sha xushtak chalgan og‘izlaringiz bilan. Shunda to‘g‘ri ish qilgan bo‘lasiz.

O‘lgandan keyin hammamiz yig‘laymiz, biz nega shunday qilamiz?”. Xonandaning bu so‘zlaridan so‘ng zalda qisqa muddat jimlik hukm surdi.

Biroz o‘tgach, ko‘plab tomoshabinlar uni qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlashdi. Voqea kontsertning umumiy oqishiga ta’sir ko‘rsatmadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish