Xonzoda Kambarova uchrashuvga chiqish uchun yigitlardan pul talab qiladi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish3

Xonzoda Kambarova uchrashuvga chiqish uchun yigitlardan pul talab qiladi

Aktrisa va bloger Xonzoda Kambarova RTV telekanalining Boricha gaplashamiz ko‘rsatuvida shaxsiy hayoti va munosabatlar borasidagi o‘ziga xos yondashuvi haqida so‘z yuritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Suhbat davomida u yigitlar bilan uchrashuvga chiqishdan avval ularga bank karta raqamini yuborishini va ma’lum miqdordagi mablag‘ o‘tkazishni talab qilishini ochiqladi. Kambarovaning ta’kidlashicha, uchrashuvdan oldin yigitga kartasini yuborib, aynan shu summani tashlashing kerak, deya shart qo‘yadi.

U buni o‘zining restoranga chiqish uchun belgilangan narxi sifatida izohlaydi. Aktrisaning qayd etishicha, ushbu odati yaqinlari, xususan, opasi tomonidan hayrat bilan qabul qilingan va unga sen kimsan, deya savol qo‘yilgan.

Shuningdek, mavzu yuzasidan psixolog bilan bir soatlik suhbat o‘tkazilgani ham ma’lum qilindi. Ushbu bayonot ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish