Turkiyada xonanda Gulluning qizi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish11

Turkiyada xonanda Gulluning qizi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Turkiyaning Yalova shahrida xonanda Gullu nomi bilan tanilgan Gul Tutning o‘limi bilan bog‘liq sud jarayoni yakuniga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Anadolu agentligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Yalova shahridagi og‘ir jinoyatlar bo‘yicha sud hay’ati mazkur shov-shuvli ish yuzasidan o‘z hukmini e’lon qildi. Fojiali hodisa 2025 yil 26 sentyabr kuni yuz bergan edi.

O‘sha kuni olti qavatli binoda istiqomat qilgan xonanda o‘z uyining derazasidan pastga qulab, voqea joyida vafot etgan. Tergov harakatlari davomida marhumaning 28 yoshli qizi Tug‘yan Ulkem Gulter gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan.

Sud majlisida to‘plangan dalillar va ekspertiza xulosalari tahlil qilingach, sudya ayblanuvchiga nisbatan og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sud jarayonida ishning barcha tafsilotlari atroflicha o‘rganib chiqildi va yakuniy hukm qonuniy kuchga kirdi.

Mazkur voqea jamoatchilik orasida katta muhokamalarga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, sud tomonidan chiqarilgan qaror qat’iy tarzda e’lon qilindi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish