Merem Uzerli va Halit Ergench yangi filmda birga suratga tushdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Merem Uzerli va Halit Ergench yangi filmda birga suratga tushdi

Muhtasham yuz yil serialidagi Xurram va Sulaymon obrazlari bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan aktyorlar Merem Uzerli hamda Halit Ergench ijodiy hamkorlikni qayta tiklashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mashhur juftlik o‘n besh yillik tanaffusdan so‘ng yangi loyihada yana birga suratga tushishdi. Ular Imrozda bahor nomli romantik janrdagi filmda bosh qahramonlar rolini ijro etishgan.

Mazkur kartinaning voqealari Turkiyaning Imroz nomi bilan ham tanilgan Go‘kcheada orolida bo‘lib o‘tadi. Syujet chizig‘iga ko‘ra, orolda tasodifan yo‘llari kesishgan ikki insonning o‘tmishi va ular o‘rtasidagi murakkab kechinmalar hikoya qilinadi.

Kinoijodkorlar ushbu loyiha orqali tomoshabinlarga insoniy munosabatlarning chuqur qirralarini ochib berishni maqsad qilgan. Hozirda muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutilayotgan ushbu film aktyorlik mahorati va go‘zal tabiat manzaralari uyg‘unligi bilan ajralib turishi kutilmoqda.

Loyiha ijodiy guruhi suratga olish jarayonlarini yakunlab, post-prodakshn bosqichiga o‘tgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish