
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning nevarasi, 27 yoshli Maryam Tillayeva ayni damda Arno Kosyan bilan hayotini bog‘lashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Yaqinda bo‘lib o‘tadigan to‘y marosimi bilan bog‘liq jarayonlar jamoatchilik e’tibor markazida qolmoqda. Ma’lumki, Maryam Tillayeva Rossiyaning “Stavka na lyubov” nomli realiti-shousining ikkinchi mavsumida ishtirok etgan edi.
Loyiha doirasida va undan keyingi faoliyati davomida u o‘zining shaxsiy hayotiga oid qarashlari hamda munosabatlari haqida ochiq gapirishdan tortinmaydi. Xususan, u erkaklar bilan tanishishga alohida qiziqish bildirmasligini ta’kidlab, ba’zi holatlarda notanish kishilar tomonidan yuzaga keladigan noo‘rin shilqimliklar va e’tibor tufayli noqulay vaziyatlarga tushib qolayotganini qayd etdi.
Bu boradagi fikrlarini VOICЕ nashriga bergan intervyusida batafsil bayon qilgan Tillayeva, shaxsiy makon va chegaralar masalasiga jiddiy yondashishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday holatlar ijtimoiy munosabatlarda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Hozirgi kunda u diqqatini to‘y tashvishlari hamda kelajakdagi rejalariga qaratgan.






Izohlar
0