Karina Kapur va Shohrux Xon yangi filmda birga suratga tushadi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Karina Kapur va Shohrux Xon yangi filmda birga suratga tushadi

Bollivud kino sanoatining taniqli vakillari Karina Kapur va Shohrux Xon uzoq tanaffusdan so‘ng yana birgalikda ijodiy loyihada ko‘rinish berishlari kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Aktyorlar oxirgi marta bundan 15 yil avval birga suratga tushishgan edi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Karina Kapur Shohrux Xon bosh rolni ijro etayotgan King nomli yangi filmda maxsus musiqiy raqamda ishtirok etadi.

Mazkur epizod Daddy Cool deb nomlanib, filmning muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Pinkvilla nashrining xabar berishicha, ushbu musiqiy sahna uchun tasvirga olish ishlari shu oyning oxirida Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadi.

Aktrisa ushbu loyihada ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Garchi aktyorlarning birgalikdagi faoliyati uzoq vaqt kuzatilmagan bo‘lsa-da, ularning yangi filmdagi hamkorligi muxlislar va kino ixlosmandlari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ayni damda suratga olish jarayonlari bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan bo‘lsa-da, mazkur loyiha Bollivudning eng kutilayotgan premyeralaridan biri sifatida baholanmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish